Ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul tartibi, o‘quvchi va muallimlar bilimini baholash tizimini ham qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagoglar ikki bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi. Prezident ta'lim muassasalari agentligiga ushbu tizim asosida yuqori malakali o‘qituvchilarni jamlab, qo‘shimcha o‘qitish, milliy va xalqaro sertifikatlar olishiga ko‘maklashish topshirildi.

Prezident ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qilar ekan, ixtisoslashgan maktablar ta'lim, ilm va amaliyotni o‘ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak deya ta'kidladi.