Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rganilmoqda

Agentlik direktori Hilola Umarova boshchiligidagi ishchi guruh Buxoroda bo'lib, viloyat markazi va tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi shart-sharoitlarni o’rganmoqda.

Ishchi guruh hozirga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Farg’ona, Namangan, Andijon, Xorazm va Buxoro viloyatlarida joylashgan Xalq ta'limi tizimida bo'lgan ixtisoslashtirilgan maktablarda bo'lishdi.

Agentlik rahbari, shuningdek mazkur hududlarda joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarda ham bo’lib, o’quvchilar bilan suhbatlashdi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 17-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida  maktablarda, ayniqsa ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim va tarbiya sifatini tubdan oshirish bo’yicha ustuvor vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda, jumladan yangi o‘quv yilidan boshlab, viloyat markazlaridan, katta shahar va tumanlardan 2 tadan, tuman va shaharlardan 1 tadan ixtisoslashgan maktablar Xalq ta'limi vazirligidan Prezident ta'lim muassasalari agentligiga o’tkazilishi belgilab berildi.