IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABLARIGA QABUL: UCH SAVOLGA UCH JAVOB

#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

❓Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga oʻquvchilar qabul qilishda jins chegarasi bormi?
➖Mazkur ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilar qabul qilishda jins chegarasi yoʻq. Yaʼni, boks yoki gimnastika bilan professional shugʻullanish istagida boʻlgan oʻgʻil-qizlar ushbu sport maktablarining tegishli sinflariga qabul uchun hujjat topshirishlari mumkin.

❓Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida hududlardan kelgan oʻquvchilar uchun yotoqxona mavjudmi?
➖Ushbu ixtisoslashtirilgan sport maktablarida hududlardan kelgan oʻquvchilar uchun yotoqxona mavjud. 

❓Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida qaysi fanlar chuqurlashtirib oʻtiladi?
 ➖Mazkur ixtisoslashtirilgan sport maktablarida O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy til oʻrgatiladi.

☎️ Call-markaz: 1206