IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 
#erishilgan_yutuqlar

📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni (https://t.me/ibnsinomaktabuz) 66 nafar o‘quvchi bitirdi. 

🏅O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi:

➖ 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida maktab o‘quvchilari Azizbek Nazarov – oltin hamda Shahzoda Hakimova – bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. 
➖Shvetsariya davlatida o‘tkazilgan 55-Xalqaro Kimyo olimpiadasida Azizbek Nazarov – oltin va Shahzoda Hakimova – kumush medallari sohibi bo‘lishdi. 
➖Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida Azizbek Nazarov – oltin, Shahzoda Hakimova – oltin, Biloliddin Zuhriddinov – kumush, Axrorbek Baxodirov – kumush medallarini qo‘lga kiritishdi. 

✔️ Mintaqaviy va mahalliy fan olimpiadalarida esa maktab o‘quvchilaridan 10 nafari 1-o‘rinni, 4 nafari 2-o‘rinni, 8 nafari 3-o‘rinni egalladi:

➖Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan оlimpiadada maktab o‘quvchilarining 5 nafari 1-o‘rinni, 1 nafari 2-o‘rinni, 2 nafari 3-o‘rinni egalladi. 
➖Al- Xorazmiy  nomidagi  fan  olimpiadasida maktab o‘quvchilaridan 1 nafari 1-o‘rinni, 1 nafari 2-o‘rinni, 2 nafari 3-o‘rinni egalladi. 
➖Vazirlikning asosiy fan olimpiadasida maktab o‘quvchilaridan 4 nafari 1-o‘rinni, 2 nafari 2-o‘rinni, 4 nafari 3-o‘rinni egalladi. 

🏛 Maktabning 36 nafar bitiruvchisi 103 ta xalqaro universitetlarga o‘qishga qabul qilingan. 

❗️Maktabning 24 nafar bitiruvchisi esa, 26 ta mahalliy OTMlarga o‘qishga qabul qilingan.

💫 Bitiruvchilardan 26 nafari xalqaro IELTS sertifikatini, 7 nafari esa Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.