IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

#ijod_maktablari 
#erishilgan_yutuqlar

📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

 ⚡️Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi tashkil etilgan.

 (https://t.me/piimauz/9835)✅ 2022-2023-o‘quv yilida jami 223 nafar o‘quvchilar 11-sinfni bitirdi.

✅ Bitiruvchilarimizni 187 nafari Xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.

✅ Bitiruvchilarimizning 33 nafariga Xorijiy Oliy ta’lim muassasasida tahsil olish bo‘yicha takliflar kelgan. Ushbu bitiruvchilarimiz 5 mln 345 ming grant sohibi bo‘lishdi.

✅ Fan olimpiadalarining Hududiy bosqichida ijod maktabi o‘quvchilari 35 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

✅ Birgina 2022-yilda jami 62 nafar o‘quvchilarimizning ijodiy ishlari chop etildi.

✅ Bitiruvchilardan 3 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi. Ular: 
➖Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabidan
– Aziza Hamidolimova (Arizona State University).
➖Is'hoqon Ibrat nomidagi ijod maktabidan
 – Dilobar Mahmudxonova (Mizzou - University of Missouri Columbia);
  – Gulyora To‘ychiyeva (Mizzou - University of Missouri Columbia).

✅ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

✅ Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.