IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 
#erishilgan_yutuqlar

📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini (https://t.me/ictschooluz) 114 nafar o‘quvchi bitirdi. 
 
🏅Mahalliy hamda Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilar 11 ta  oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. (Elbek Zohidjonov - 2 ta oltin, 2 ta kumush, Asilbek Sunnatov - 1 ta bronza, Abdulaziz Radjabov - 1 ta bronza, Ozodbek  Axtamov - 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza)

🏛 Maktabning 19 nafar bitiruvchisi Xalqaro universitetlarning grant sohiblari bo‘lishdi.

💯 Bitiruvchilarning barchasi mahalliy universitetlarga qabul qilindi. 

✅ Yaponiyaning Chibo shahrida o'tkazilgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) hamda Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining  9-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov  bronza medallarini qo’lga kiritdi.

✔️ IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatini 84 nafar o‘quvchi oldi. 

✅ SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi. 

💫 Maktabning 10-sinf o‘quvchilari Jaloliddin Ismoilov, Shahrizoda Karimova hamda Zumrad Akbarova AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100% lik TAʼLIM GRANTIni qo‘lga kiritdi. Ular 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi. U yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashishadi.

📊 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida Behruz Ernazarov munosib qatnashib yuqori ballni qo‘lga kiritdi va "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibi bo‘ldi.