Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

#Agentlik_olimpiadasi
#Taqdirlash

✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Sovrindorlar Agentlik tomonidan noutbook, televizor singari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandi.

❗️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti olimpiadaning fizika, informatika, kimyo yo‘nalishlarida 1-, 2-, 3- o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 152 million so‘mdan, matematika yo‘nalishida 1-, 2-, 3- o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning har biriga 4 yillik 120 million so‘mdan jami 1 milliard 728 million so‘m ta’lim granti ajratdi. 

🔹 Shuningdek, g‘oliblarga Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Perfect universiteti, Xalqaro Kimyo universiteti, PDP universiteti, Alfraganus universiteti tomonidan 1 yildan 4 yilgacha bo‘lgan jami 1,5 milliard so‘mga yaqin ta’lim grantlari uchun vaucherlar topshirildi.

🥇G‘oliblarimiz bilan tanishing:

📝 RO‘YXAT

 (https://telegra.ph/Ixtisoslashtirilgan-talim-muassasalari-agentligi-tomonidan-otkazilgan-STEM-fan-olimpiadasining-Agentlik-bosqichi-goliblari-06-22)🏆Olimpiadada 9 nafar o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan Navoiy shahridagi Prezident maktabi Agentlik kubogi bilan taqdirlanadi.