"JAHON MIQYOSIDAGI TA'LIM. XXI ASR MAKTAB TIZIMINI QANDAY BARPO ETMOQ KERAK?" KITOBI MUALLIFI SAMARQAND SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Bosh kotibining Taʼlim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi PISA tadqiqotchisi asoschisi, "Jahon miqyosidagi ta'lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq" kitobi muallifi Andreas Schleicher Samarqand shahridagi Prezident maktabida bo’ldi.

Uchrashuv davomida mehmonlar maktab hayoti, dars jarayonlari, o'quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi va ta'lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni alohida e'tirof etdi.

Ma'lumot o‘rnida, "Jahon miqyosidagi ta'lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq" kitobi Agentlik mutaxassisi Dilshoda Norboyeva tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.