Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari va jamoasi Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdi.

 ⚡️Ziyorat davomida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o'quvchilar  bilan uchrashib, ularning o'qishlari va kelgusidagi ishlarida omad tilashdi.

✔️Shuningdek, o'quvchilar Samarqand shahrining tarixiy qadamjolarida bo'lib, Amir Temur haykali poyiga gul qo'yishdi.