Jizzax shahridagi Prezident maktabida Vatanparvarlik ko'rgazmasi tashkil etildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi. 

Faxriy xizmatchilar hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirok etgan uchrashuvda, o'quvchilar bilan vatanparvarlik, yurt taraqqiyotiga xizmat qilish, yurt sarhadlarini himoya qilish haqida suhbat bo'lib o'tdi. 
 
Shuningdek, uchrashuv so'nggida "Armiya-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi" shiori ostida harbiy vatanparvarlik koʻrgazmasi tashkil etildi. Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o'tkazilgan ot sporti va kamondan oʻq otish amaliy mashgʻulotlari oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.