Joriy yilning 3-aprelidan boshlab 1 hafta davomida Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkiloti vakillari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lib, maktab faoliyatini o‘rganadi

Ma’lumot uchun, Xalqaro maktablar kengashi (CIS) a’zosi bo‘lish xalqaro darajada tan olinishni anglatadi.

Kengashga a’zo bo‘lish uchun, jumladan quyidagi talablar mavjud:

- Ta’lim muassasasi faoliyat yo‘nalishining sifatli tashkil etilganligi;
- O‘quv dasturining muvaffaqiyatli joriy qilinganligi;
- O‘quvchilar uchun zaruriy sharoitlarning yaratilganligi;
- Ta’lim muassasasi joylashgan binoning xavfsizlik talablariga javob berishi.

Mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich hujjat topshirish, 2-bosqich maktab jamoasi bilan onlayn suhbat, 3-bosqich esa maktab faoliyatini offlayn o'rganish hisoblanadi.

Ayni paytda, barcha Prezident maktablari dastlabki 2 ta bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan. 

Tashkilot vakillari aprel oyida bosqichma-bosqich tarzda Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlaridagi Prezident maktablarining faoliyatini o‘rganishadi.