Karantin qoidalariga rioya qilaylik!

Kecha Prezident maktablari kirish imtihonlaridan oldin o‘quvchilarda imtihon kuni tartib-qoidalari va yo‘l-yo‘riqlari to‘g‘risida tushuncha hosil qilish maqsadida maslahat-tanishtiruv kuni bo‘lib o‘tdi.

Biroq, ba’zi ota-onalar tomonidan belgilangan karantin qoidalarga amal qilmaslik holatlari kuzatildi. Agentlik rasmiy sayti, telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bir necha bor ta’kidlangan bo‘lishiga qaramay, bitta talabgor o‘quvchi bilan bir nechta kishi hamrohlikda kelgan. Qabul komissiyasi tomonidan esa bitta talabgor bilan faqat bitta shaxs kelishi belgilangan. Ushbu pandemiya davrida har bir kishi, avvalo, o‘z shaxsiy mas’uliyatini oshirishi va karantin qoidalariga rioya qilishi lozim.

Hurmatli ota-onalar, xabaringiz bor o‘tgan yilgi pandemiya  tufayli Prezident maktablariga qabul bo‘lmagan edi. Bu yil pandemiya sharotida qanchalik qiyin bo‘lmasin, qat’iy tartib-qoidalar asosida ochiq havoda kirish imtihonlari tashkil etilmoqda. Shunday ekan, kirish imtihonlari kunida bunday holatlar yuz bermasligi uchun sizdan belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq amal qilishingizni so‘raymiz.

Unutmang, siz nafaqat o‘zingiz va farzandingiz sog‘ligi, balki atrofdagilar salomatligi uchun ham birdek mas’ulsiz.

Eslatib o'tamiz, maslahat-tanishtiruv kuni bugun ham davom etmoqda.