KEMBRIJ SINFIDA BIRINCHI QO‘NG‘IROQ CHALINDI

#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi
 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. (https://t.me/piimauz/19750)

Bugun mazkur sinflarda birinchi qoʻngʻiroq chalinib, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar uchun darslar boshlandi. (https://t.me/QResMinistrlerKenesi/35501)

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.