KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi. 

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir  ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi. 

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.