Kimyo fanidan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ta'lim dasturi ishlab chiqiladi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kimyo fanidan ta'lim dasturi ishlab chiqish va takomillashtirish bo'yicha ishchi guruh faoliyat yuritmoqda.

Dasturni ishlab chiqishda kimyo fanini O‘zbekistonning  tabiiy resurslariga bog‘lash, shuningdek, fanni darsliklar bilan bir qatorda kimyo sanoatiga integratsiya qilishga alohida urg‘u berilgan.

Ta'lim dasturini yaratish uchun "Yangi O‘zbekiston" universiteti hamda  Pedagogika yo‘nalishidagi universitet professorlari,  Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda tabiiy fanlar yo‘nalishidagi akademik litseyning amaliyotchi o‘qituvchilari jalb etilgan.

Ma'lumot o'rnida, ta'lim dasturini yaratishda xalqaro tan olingan ta'lim dasturlarining kuchli tomonlari inobatga olingan.