‘‘Kuch – adolatdadur!ʼʼ

 

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi” mavzusida sinf soatlari o‘tilmoqda.

✏️Ushbu darslarda Sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida maʼlumotlar berib o‘tildi. 

✏️Shu bilan birga “Temur tuzuklari” asari ham o‘quvchilar bilan muhokama qilinib, Sohibqironning donolik, mardlik, to‘g‘riso‘zlik, davlatni adolatli boshqarish,  ilm-fan, maʼnaviy dunyoqarashning rivojlanishidagi hissasi alohida ta’kidlandi.

✔️ “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, jang ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi.”

 ✔️‘‘Kuch – adolatdadur!ʼʼ

✔️''...davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdimʼʼ. 

© Temur Tuzuklari.