“Kuchli boʻl!” shiori ostida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari aniqlandi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tizimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 ta tashabbus ijrosini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Xususan, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida agentlik tizimidagi maktablarda “Kuchli boʻl!” shiori ostida loyiha tashkil etildi.

Loyiha Namangan shahridagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan PIIMA – onlayn oromgoh platformasida tashkil etildi.

Tanlov quyidagi uchta yoʻnalishda tashkil etildi:

a) Sport targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

b) Sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;

v) Milliy sportimizda erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik.

Tanlovda jami 85 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Jumladan, birinchi yoʻnalish boʻyicha 35 nafar oʻquvchi, ikkinchi yoʻnalish boʻyicha 27 nafar oʻquvchi va uchinchi yoʻnalish boʻyicha 23 nafar oʻquvchi oʻz ishlari bilan ishtirok etdi.

Tanlov natijasiga qoʻra quyidagi oʻquvchilar gʻolib va sovrindorlar deb topildi.

Ishtirokchi

Maktab

Sport targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik

1

Mirazimov Axror

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

2

Rahmatullayeva Aziza

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

3

Raxmonov Otabek

A.Oripov nomidagi ijod maktabi

Sogʻlom turmush tarzi targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik

1

Oʻrinbayeva Zamira

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

2

Sadinova Guljahon

A.Oripov nomidagi ijod maktabi

3

Ernazarova Aynura

I.Yusupov nomidagi ijod maktabi

Milliy sportimizda erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik

1

Moxichehra Abdullazizova

A.Qodiriy nomidagi ijod maktabi

2

Abduazimova Shohsanam

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi

3

Toʻychiyeva Gulyora

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tomonidan tanlovda qatnashgan barcha faol oʻquvchilar sertifikat hamda gʻoliblar diplomlar bilan taqdirlandilar.