KUTUBXONACHILAR UCHUN MAHORAT DARSLARI

Bugun, 25-mart kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi kutubxonachilar faoliyatini takomillashtirish maqsadida o'quv seminar-treninglari tashkil etildi.

Unda kutubxonalar faoliyatini yanada yaxshilash va innovatsion yangiliklardan boxabar bo'lib borish mavzularida taqdimot ishlari bo'lib o'tmoqda.

Ayni paytda seminar-treninglar doirasida davomida Bookshare onlayn kutubxonasidan foydalanish tartiblari haqida taqdimot ishi bo'lib o'tmoqda.