"Loyihaga asoslangan ta’lim" mavzusida treninglar o‘tkazilmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning pedagog-kadrlari uchun kuzgi ta'til kunlari "Loyihaga asoslangan ta’lim" mavzusida treninglar o‘tkazilmoqda.

Agentlik tizimida faoliyat olib borilayotgan mahalliy trenerlar tomonidan o‘qituvchilarga matematika, bilologiya, kimyo, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan kasbiy rivojlanish dasturlari tashkil etilgan. 

Mazkur seminar-treninglar Respublikamizning barcha hududlari kesimida 10-noyabrga qadar davom etadi.