Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi va Ispaniya Taʼlim va kasbga o‘qitish vazirligi mutasaddilari ishtirokida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi va Ispaniya Taʼlim va kasbga o‘qitish vazirligi mutasaddilari ishtirokida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv avvalida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, joriy qilingan xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonlari va zamonaviy baholash standartlari haqida ispan tomoniga taqdimot qilindi.
 
Uchrashuv davomida:

 ispan tilini o‘qitishni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, xususan, Prezident va ijod maktablarda ikki tilli bo‘limlar dasturi asosida yo’lga qo’yish,

mazkur maktablarda chet tili o‘qituvchilarning yordamchilari dasturi hamda Ispaniya ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida so’z bordi.

Ma’lumot uchun, ushbu dasturga 30 yil avval asos solingan bo‘lib, hozirgi kunda bu taʼlim dasturlari Lotin Amerikasi, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan. 

Mazkur dasturlar doirasida har yili Germaniyaga 20 nafar, AQSHga 800 nafar ispan o‘qituvchilari yuboriladi.