Toshkent shahridagi Prezident maktabida uchrashuv

Toshkent shahridagi Prezident maktabiga O’zbekiston Respublikasi Turizm va sport  vazirligi hamda Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligidan vakillar tashrif buyurdilar.

Vazir o’rinbosarlari maktabni ko’zdan kechirdilar va faoliyat bilan tanishdilar. So’ng, o’quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida o’quvchilar qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, mamlakatimizda sport, turizm va qurilish sohalari qay tarzda rivojlanayotgani haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Bu uchrashuv o’quvchilarni sportga bo’lgan motivatsiyasini yanada kuchaytirdi va sog’lom turmush tarziga ilhomlantirdi. O’quvchilar Sport va turizm, hamda Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirliklari faoliyati bilan tanishdilar. O’quvchilarga mehmonlar tomonidan sovg’alar topshirildi.