''Milliy armiyamiz–yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg'ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir"

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan Milliy Gvardiya ixtisoslashtirilgan o'quv markazida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etishdi.

Tadbir ''Milliy armiyamiz–yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg'ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir" shiori ostida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tayyorlangan turli jangovar chiqishlar,  Milliy Gvardiya Namunali ko'rgazmali orkestr jamoasining musiqiy chiqishilari namoyish etildi. 

Shuningdek, tadbirda Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning musiqa to'garagi a'zolari  o'zlarining musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.