Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida soʻngi qoʻngʻiroq tadbiri boʻlib oʻtdi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Oq yoʻl, Mirzo Ulugʻbek bitiruvchilari" nomli soʻngi qoʻngʻiroq tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova tadbirni ochib berib,  bitiruvchilarni tabrikladi:

-Avvalo barchangizni  bugungi kun bilan tabriklayman va kelgusi mustaqil hayot yoʻlingizda ulkan zafarlar tilayman. Unutmangki, siz ustozlaringiz va ota-onangizning ishonchi, umidisiz. Barchangizga omad yor bo'lsin!

Tadbir doirasida maktab bitiruvchilarining ota-onalari ham soʻzga chiqib, maktab kutubxonasi uchun kitoblar taqdim etishdi, oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi. Tadbir soʻngida maktabning iqtidorli oʻquvchilari faxriy yorliqlar taqdirlandi.