Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB dasturi yuzasidan seminar-trening bo'lib o'tdi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-trening bo'lib o'tdi.

Mazkur seminar-treninglarda Agentlik mutaxassislari tomonidan pedagog-kadrlarga IB dasturi haqida batafsil ma'lumot berildi. 

👉Avvalroq International Baccalaureate dasturi yuzasidan seminar-treninglar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgani haqida xabar bergan edik.