Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova bilan uchrashdilar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova bilan uchrashdilar. 

O‘tkazilgan davra suhbatida xotin-qizlarning jamiyatdagi roli, gender tenglik masalalari, qizlarning turli jablahalarda erishayotgan yutuqlari hamda ularning davlat boshqaruvidagi faoliyatiga qaratildi. 

Qizg‘in savol-javob tariqasida o‘tkazilgan tadbir so‘ngida tuman hokimi tomonidan ijod maktabi kutubxonasi uchun badiiy kitoblar jamlanmasini topshirildi.