Mustaqilligimizning 30 yilligi muborak bo'lsin!

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

1-sentabr— biz uchun yangi davrni boshlab bergan bu qutlug‘ sana Vatanimiz taraqqiyoti va  ravnaqi ramziga aylangan. Ezgu intilishlarga qanot bag‘ishlovchi ham, inson manfaatlari yo'lidagi islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlovchi qudratli kuch ham - mustaqillikdir.

Shunday ekan, ko‘p millatli xalqimizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining  30 yilligi  munosabati bilan samimiy qutlaymiz! Barchangizga mustahkam sog'liq, xotirjamlik va farovonlik tilab qolamiz.

Hurmat bilan, Prezident ta’lim muassasalari agentligi jamoasi