“Muvaffaqiyat strategiyasi” nomli seminar-treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun “Muvaffaqiyat strategiyasi” nomli seminar-treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarovaning video-murojaat orqali yig‘ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Har qanday taraqqiyot ta’limdan, maktabdan boshlanadi. Zero, sifatli ta’lim tizimi va malakali o‘qituvchi hamma narsani o‘zgartira oladi. Bugungi seminar-treninglar ham yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish va yangi metodikalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Mazkur bilimlar kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo‘lishiga ishonaman.

Tadbirda, shuningdek, o‘quv yili davomida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun, treninglarda 300 ga yaqin rahbar va pedagog-kadrlar ishtirok etishmoqda.