"Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilayotgan yoshlar festivali doirasida, fan, ta'lim sohalarida yangi g'oya va tashabbusga ega bo'lgan yoshlarning "ZAKOVAT" o'yinida Namangan shahridagi Prezident maktabining zukko o'quvchilari jamoasi faxrli 1-o'rinni egaldi.
Yoshlar festivalining so'nggida Namangan viloyat hokimi Sh. Abdurazzoqov tomonidan 15.000 000 (o'n besh million) so'm yutuq vaucheri sovg'asi bilan taqdirlanishdi.
Zukko va bilimdon " Yangi O'zbekiston" yoshlari bo'lgan o'quvchilarimizga shunday yutuqlar davomiy bo'lishini tilab qolamiz!