Namangan shahridagi Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni

Agentlik tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabida ta’lim-tarbiya, to’garaklar faoliyati hamda qabul jarayonlariga tayyorgarlik borasida yo'lga qo'yilgan ishlar yuzasidan ochiq eshiklar kuni  tashkil etildi. Jarayonda ommaviy-axborot vositalari vakillari, ota-onalar va umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlari ishtirok etishdi.

Maktabning umumiy faoliyati va 2021-2022-o'quv yili uchun qabul jarayonlari haqida Namangan shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori A.U.Pirnazarov atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng,  mehmonlar ochiq eshiklar kuni doirasida  maktabdagi o'quv  jarayonlari va o'quvchilarga yaratilgan  shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar hamda davra suhbatida  Prezident maktablari faoliyatiga doir o'zlarini qiziqtirgan savollariga  javob olishdi.