NAMANGAN SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA "RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"

Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova Namangan shahridagi Prezident maktabida bo'ldi. Tashrif davomida maktab o'quvchilari bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi. 

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o'tib, unda Agentlik rahbari o'quvchilari bilan samimiy suhbatlashdi va ularning g'oya va takliflariga quloq tutdi. 

Shuningdek, turli yutuqlarga erishib kelayotgan o'quvchilar sertifikat hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.  

Uchrashuv davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.