Namangan shahridagi Prezident maktabiga Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o‘zbek xalq cholg‘ulari kafedrasining bir qator o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari tomonidan hisobot-konsert dasturi namoyish etildi

Namangan shahridagi Prezident maktabiga Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi o‘zbek xalq cholg‘ulari kafedrasining bir qator o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari tomonidan hisobot-konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirni boshlovchilar o‘z so‘zlari, ko‘ngil torlarini chertib o‘tuvchi she’rlar bilan boshlab berishdi. Konsert dasturida ixtisoslashtirilgan san’at maktabi qoshidagi xor jamoasi, xalq cholg‘ulari orkestri, OBR yo‘nalishi o‘quvchilari o‘z chiqishlarini namoyish etishdi.

Bunday tadbirlar o'quvchilarning musiqa va san`atga qiziqishlariga yanada ortishiga xizmat qiladi.