NAMANGAN VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

#Namangan_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️NAMANGAN VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab - internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

✔️ Namangan viloyatida 13 ta obyekt shundan, 1 ta Namangan shahrida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 12 ta Yangiqo‘rg‘on, Chust, Chortoq, Uchqo‘rg‘on, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Pop, Norin, Namangan, Mingbuloq, Kosonsoy, Yangi Namangan tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash (demontaj) ishlari 7 ta obyektda yakunlangan, 6 tasida davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.