Namangandagi Prezident maktabining jamoasi Umumrossiya dasturlash olimpiadasida ishtirok etadi

Namangan shahridagi Prezident maktabining ''PS-codings''  jamoasi 21-Umumrossiya dasturlash olimpiadasining final bosqichida ishtirok etadi.

Ushbu olimpiada joriy yilning 15-dekabr kuni onlayn tarzda Sankt-Peterburg shahrida oʻtkaziladi. Final bosqichida 16 ta davlatning terma jamoalari qatnashadi.

Olimpiadaning saralash bosqichida 13 mamlakatdan jami 655 jamoa ishtirok etdi. Birgina Oʻzbekistondan esa jami 136 jamoa va ulardan ikkitasi finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabining ''PS-codings'' jamoasi 11-sinf oʻquvchilari Azimjon Oʻrinov va Azimjon Alijanov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asliddin Ismoilovdan tashkil topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) olimpiadada ishtirok etadigan Oʻzbekiston jamoalariga yakuniy bosqichda omad tilaydi!