NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

⚡️Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

✅ Tomdi tumanida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati yettita blok va uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

⏰ Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinfxonalari eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

🟢 Bu taʼlim dargohiga Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridan 5-11 sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 30 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

❗️ Ayni paytda mazkur maktab-internatda 301 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishmoqda.