"Navoiyni anglash” va Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan onlayn test natijalari e’lon qilindi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, g‘azalxonlik va ruboiyxonlik, ijodiy tanlovlar, chellenjlar va onlayn tanlovlar yuqori saviyada tashkil etildi.

Xususan, Agentlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida “Navoiyni anglash” mavzusida ijodiy ish(insho)lar tanlovi Nizom talablari asosida o‘tkazilib, “Eng yaxshi” ijodiy ishlar 2-bosqichga tavsiya etildi. Hakamlar hay’ati tomonidan 24 ta ijodiy ishlar sinchkovlik bilan tekshirilib, g‘oliblar aniqlandi.

1-o‘ringa  Toshkent shahridagi Prezident maktabi 11-“Blue” sinf o‘quvchisi Muxammadrizo Madjidov;

2-o‘ringa – Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 10-“A”-sinf o‘quvchisi Akmaljon Abduraxmonov;

3-o‘ringa – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Shahnoza Anvarjanova hamda Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining  10-sinf oʻquvchisi Ziyoda Saparbayeva larning ijodiy ish (insho)lari loyiq deb topildi.

Shuningdek, 15-fevral kuni Agentlik tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Agentlik https://edu.piima.uz platformasida onlayn test tanlov o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘ringa – Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Karomat Ikromjonova;

2-o‘ringa – Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Ziyoda Saparbayeva; Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Abdugafurova;

3-o‘ringa – Samarqand shahridagi Prezident maktabi 9-“Blue sinf o‘quvchisi Azamatjon Musurmonov, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi                    9-“B” sinf oʻquvchisi Asaloy Masharipova hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 7-“B sinf o‘quvchisi Mohlaroy Nomonovalar eng yuqori ball to‘plab, tanlov g‘oliblari deb topildi.