Nottingham Trent universiteti professorlari tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro seminar-trening ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan 24-26 mart kunlari ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro seminar-trening tashkil etilmoqda.

Ushbu seminar Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti ning professorlari tomonidan ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari o‘qituvchilari uchun o‘tkaziladi.

3 kunlik seminar-treningda o‘qituvchilar ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha asosiy g‘oyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Birinchi kuni “Ingliz tili darslarida o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash”, “Asosiy 4 ta ko‘nikmani rivojlantirish”, “Ingliz tili darsi jarayonlarida interaktiv mashg‘ulotlarni qo‘llash” mavzusida tomonidan seminar-trening bo‘lib o‘tadi.  

Ikkinchi kun “O‘zlashtirish darajasi turli bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi”, “Darslikdagi o‘qish va gapirish mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazish”, “Tinglash va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzularida bo‘lib o‘tadi.

Oxirgi kuni “Ingliz tili darslarida formativ baholash”, “Ingliz tili o‘qituvchilari uchun onlayn malaka oshirish kurslarini o‘tkazish kurslar” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Seminarni Nottingham Trent universiteti ning professor o‘qituvchilari Martin Siver, Jeyn Vikkers o‘tishmoqda.

Darslar Makmillan nashriyot uyining “Lazer” ingliz tili darsligi asosida interaktiv usulda bo‘lib o‘tadi. Ushbu seminardan o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalar maktab o‘qituvchilari orqali maktablarga keng targ‘ib qilinadi.

24-mart kuni ingliz tili o’qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish xalqaro seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Markaz direktori Sherzod Yakubov ochib berdi:

- Sifatli ta’lim jamiyatni o’zgartira oladi. Bundagi hal qiluvchi kuch esa - malakali pedagoglardir. Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur trening bu yo’ldagi maqsadlarimizga erishishda yana bir qadam bo’lib xizmat qiladi.

Nottingham Trent universitetining Akademik maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari professor Martin Seviour:

- Men ilk bora O’zbekistonga 1994-yilda kelganman. Bugun bu yerdagi katta o’zgarishlarga, xususan ta’lim tizimidagi islohotlarga guvoh bo’lib turibman. Ushbu treninglar o’qituvchilarning kelgusi faoliyati uchun samarali bo’ladi, deb umid qilaman.

Ushbu seminar uch bosqichli loyihaning birinchi bosqichidir. Ikkinchi bosqich onlany bo‘lishi rejalashtirilgan.

Kelajakda baʼzi o‘qituvchilar malaka oshirish, o‘qitish jarayonini kuzatish va Buyuk Britaniya o‘qituvchilari bilan ko‘rishish uchun Nottingham Trent universiteti ga borish imkoniga ega bo‘ladi.