Nukus shahridagi Prezident maktabida "WEEK NATIONS" loyihasining navbatdagi haftaligi "Hungary" (Vengriya) mamlakati haqida bo‘lib, mazmunli va qiziqarli viktorina o‘yinlari bilan davom etmoqda.
Haftaning birinchi kunida Vengriya mamlakatiga oid ma‘lumotlar, har xil faktlar orqali taqdimotlar o‘tkazish bilan boshlangan bo‘lsa, haftaning ikkinchi kunlarida "rang-barang posterlar" va Vengriya mamlakatining tarixiy filmlari bilan tanishdi.
Shu qatori, Vengriyalik Erno Rubik tomonidan ixtiro qilingan "Kubik-Rubik" o‘yini hafta loyihasining yanada yuqori kayfiyatda, mazmunli o‘tishiga sabab bo‘ldi.