Nukusdagi Prezident maktabida robo-sumo musobaqasi oʻtkazildi

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari robo-sumo musobaqasini tashkil etdilar.

Musobaqada maktab oʻquvchilaridan tashkil topgan uch guruh oʻzlari yaratgan robotlar bilan ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan musobaqa qoidalariga koʻra, robotlar ogʻirligi 1 kgdan oshmasligi lozim edi.

Robo-sumo musobaqasida PS PRES, Roboticsʼ future va RoboCoders jamoalari ishtirok etishdi. Robotlar oʻzaro kurashishdi.

Musobaqa natijasiga koʻra, PS PRES jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Roboticsʼ future jamoasi ikkinchi va RoboCoders jamoasi uchinchi pogʻonalarni egalladi.

Robototexnika Prezident maktablaridagi oʻquv jarayonining bir qismidir. Robototexnika oʻquvchilarning ijodiy fikrlash, eslab qolish va boshqa qobiliyatlarini rivojlanishga hamda matematika va dasturlash boʻyicha bilimlari yana-da yaxshilanishiga koʻmak beradi.