O‘quvchilarimiz Xalqaro Mеndеlеyеv olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab kеtdi

O‘quvchilarimiz Xalqaro Mеndеlеyеv olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab kеtdi 

📍Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘quvchilari (https://t.me/uzedu/21111)  57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi safidan joy oldi. 

❗️Olimpiada joriy yilning 1-6-may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o’tadi. Ertaga olimpiadaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

💡 Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada O‘zbekistonda 3 marotaba o‘tkazilgan bo’lib, hozirga qadar jamoamiz tomonidan jami 85 ta medal qo‘lga kiritilgan (8 ta oltin, 24 ta kumush, 53 bronza).

Barcha o'quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!