O‘quvchilarning barkamol shaxs va yetuk bilimdon insonlar bo‘lib voyaga yetishida maktabning o‘rni beqiyosdir.

#prezident_maktablari 
#amaliy_mashgʻulotlar 
#toʻgaraklar

🟢 O‘quvchilarning barkamol shaxs va yetuk bilimdon insonlar bo‘lib voyaga yetishida maktabning o‘rni beqiyosdir. Maktablarimizdagi bolalarning ehtiyojlari hamda zamon talablari asosida ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun to‘garaklar va amaliy mashg'ulotlarni samarali yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalarimizdan biridir.

⚡️ Agentligimiz tizimidagi 14 ta Prezident maktablari (https://t.me/piimauz/9813) zamonaviy o‘quv laboratoriyalar bilan jihozlangan bo‘lib, darslar tanlov asosida ishga qabul qilingan malakali pedagoglar tomonidan eng so‘ngi ta’lim metodlarida olib boriladi.  

⚡️O‘quvchilar uchun zamonaviy yotoqxona, 5 mahal bepul ovqat, darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlari,  turli xil sport turlari, sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etilgan. 

❓ Prezident maktabi o'quvchilarining bilimlarini yanada oshirish, ular o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish maqsadida turli fanlardan maktab ichki olimpiadasi, qiziqarli amaliy mashg'ulotlar hamda loyihalar tashkil etilmoqda. 

📸 Maktablarimizdagi amaliy mashg'ulotlar va to'garaklar faoliyatidan foto lavhalar taqdim qilamiz.