O‘tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi

O‘tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3340).

Yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning o‘zida 350 ming yangi o‘quvchi o‘rinlariga talab bor.

So‘nggi yillarda 70 ming o‘rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018 yilgacha jami 30 ta bo‘lgan).

Toshkent shahri va Farg‘onada xususiy maktablar salmog‘i qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki, qo‘shimcha 150 ming o‘quv o‘rniga ehtiyoji bo‘lgan Samarqandda bor-yo‘g‘i 6 ming 300 o‘rinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.

Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash to‘g‘risida bosh qotirishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, maktablarni ta’mirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard so‘m ajratildi. Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablag‘ bermagan.