O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi

Xabaringiz bor, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan PDQ-kasbiy rivojlanish dasturini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh o‘z faoliyatini boshlagan.

Unda Agentlik tizimidagi maktablar rahbar va pedagog kadrlari ishtirok etishmoqda.  Ishchi guruh faoliyati 15-aprelgacha davom etadi. 

Sarah Turner, Cambridge Assessment International Education tashkiloti Kasbiy rivojlanish dasturlari bo'limi boshlig‘i:

- Rahbar va pedagog kadrlar uchun PDQ - kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqayotganimizdan juda xursandmiz. Umid qilamanki, bu O‘zbekistondagi ta’lim tizimida ulkan ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. 

Dastur amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinayotganligi va rahbar hamda pedagog kadrlarning faoliyatini to‘laqonli qamrab olayotganligi bilan ahamiyatlidir. Yana bir narsani ta’kidlash joiz – O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.

Treninglar davom etmoqda.