O‘ZBEKISTONNING XORIJDAGI ELCHILARI YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA

OZBEKISTONNING XORIJDAGI ELCHILARI YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA

O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Baxrom Ashrafxanov va Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Axatov Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lishdi.

Uchrashuv davomida elchilar tomonidan O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar, xalqlarning madaniyati va tarixi, diplomatik vakolatxonalar faoliyati haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv so‘ngida diplomatlar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.