Ogahiy ijod maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq

Joriy yilning 5-iyun sanasida Ogahiy ijod maktabida "Ustozim, sizga ta'zim" nomi ostida So'nggi qoʻngʻiroq tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirini ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev ochib berdi hamda barcha sinf oʻquvchilarini bu yilgi oʻquv yilini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari uchun qutladi.  

Tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bosh mutaxassisi Inomjon Xo'jamov, Xiva shahar prokurori o'rinbosari Anvar Saidovlar soʻzga chiqib, barcha sinf oʻquvchilarini Soʻnggi qoʻngʻiroq bilan tabriklagan holda, oʻqishlarida omad tiladilar. Ana shundan soʻng ijod maktabining toʻngʻichi boʻlgan 9-sinf oʻquvchilari oʻzlaring ushbu bayram tadbiri uchun tayyorlagan chiqishlarini namoyish etishdi. 

Tadbir so'ngida bir guruh jamoatchi, zukko, bilimdon, ijodkor, faol o'quvchilar turli nominatsiyalar boʻyicha Faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.