“Ogahiyning betakror olami” mavzusida respublika tanlovini eʼlon qilinadi

Ogahiy hayoti va ijodiy merosini oʻrganish, keng jamoatchilik orasida targʻib qilish maqsadida Ogahiy ijod maktabi “Ogahiyning betakror olami” mavzusida respublika tanlovini eʼlon qiladi.

Mazkur tanlovda PIIMA tasarrufidagi maktablarning 6, 7 va 8-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga ijodiy ishlar 20-dekabrga qadar qabul qilinadi. 21-24-dekabr kunlari tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi. Tanlov natijalari 25-dekabrda eʼlon qilinadi.

Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

  • “Ogahiy asarlari bilimdoni” (Oʻquvchilarning oʻqituvchi rahbarligi ostida tayyorlagan ilk ilmiy ishi)
  • “Ogahiy sheʼrlarining mohir ijrochisi” (Ogahiy sheʼrlaridan ifodali oʻqib, videorolik tayyorlash)
  • “Soʻz va sanʼat” (Ogahiy ijodida tabiat tasviri boʻyicha rasmlar tanlovi)

Tanlov uchun tayyorlangan ijodiy ishlar “PIIMA onlayn oromgoh” platformasi orqali qabul qilinadi.