OHANGARON SHAHRIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDA TASHKIL ETILGAN OHANGARON SHAHRIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Tantanali ochilish marosimida Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, jamoatchilik vakillari, maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

E'tiborli jihati, Ohangaron shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat yangi qurilib, 2022-2023-o‘quv yili uchun foydalanishga topshirildi. Mazkur ixtisoslashtirilgan maktab 150 o‘rinli yotoqxonaga ega.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq, Toshkent viloyatida 13 ta ta’lim tashkiloti Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilishi belgilangan.