ONLAYN TRENING: "HUDUDIY BO‘LIMLARDA JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH"

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan yangi ixtisoslashtirilgan maktablarda OAV va jamoatchilik bilan aloqalarga masʼul xodimlar bilan "Hududiy bo‘limlarda jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish" mavzusida onlayn treninglar tashkil etilmoqda. 

Ushbu treninglarda Agentlik tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik vakillari bilan ishlashda o‘zaro ochiqlik tamoyillariga amal qilish va kelgusidagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Trening hududlar kesimida tashkil etilib, birinchi kun Qoraqalpog‘istonda joylashgan 17 ta maktabning masʼullari ishtirok etishdi.

Treninglar davom etadi.