"O'zbektelekom" AK vakillarining ijod maktabi o'quvchilari bilan onlayn uchrashuvi

Joriy yilning, 29-yanvar kuni, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "O'zbektelekom" AK xodimlarining o'quvchilar bilan onlayn uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Respublikamizda axborot-texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Suhbat so'nggida tashkil etilgan savol-javoblarda faol ishtirok etgan o'quvchilar esdalik sovg'alarga ega bo'lishdi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbektelekom AK tomonidan maktab kutubxonasi uchun 70 dan ziyod turdagi kitoblar sovg'a qilindi.