PARKENT TUMANIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida Toshkent viloyatida tashkil etilgan Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Parkent tuman hokimi Shohrux Shoahmedov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur maktab 576 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan.