PDQ DASTURI BO'YICHA ISHCHI GURUH O'Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan PDQ (Professional development qualification) – kasbiy rivojlanish dasturini joriy etish bo'yicha seminar-treninglar boshlandi!

Unda  Agentlik tizimidagi maktablar rahbar va pedagog kadrlari ishtirok etib, PDQ dasturini joriy etish bo'yicha o'z malakalarini oshirishadi.

Seminar-treninglarni olib boradigan Cambridge Assessment International Education tashkiloti mutaxassislari bilan tanishtiramiz:

 – Stephen Burnage - PDQ dasturi bo'yicha xalqaro ekspert 
 – Sarah Turner - Kasbiy rivojlanish dasturlari bo'limi rahbari 
– Lisa Sollet - PDQ dasturi bo'yicha xalqaro ekspert.

Treninglar ikki yo'nalishda – pedagog va rahbar kadrlar uchun joriy yilning 5-15-aprel kunlari bo'lib o'tadi. 

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi: https://t.me/pmm_uz